Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant «HAMASning muzokaralardan bosh tortgani sababli» Misr bilan chegaradagi Rafahda quruqlikdagi operatsiya yaqin orada boshlanishini e’lon qildi.
«Bugun ertalab G‘azo sektori markazida - SAXAL kuchlari butun G‘azo bo‘ylab va ayniqsa Rafah hududida operatsiya o‘tkazishga tayyor. Buyruq tez orada keladi. HAMAS garovdagilarni qaytarish bo‘yicha har qanday rejadan voz kechyapti», – deydi Isroil mudofaa vazdiri.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda aksariyat, jumladan AQSh hukumati ham Rafahda yirik harbiy operatsiya o‘tkazish jiddiy xato bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter