Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yo‘lni o‘zgaga bo‘shatish fursati yetganini anglash muhim» — Shotlandiya birinchi vaziri iste’foga chiqmoqda

«Yo‘lni o‘zgaga bo‘shatish fursati yetganini anglash muhim» — Shotlandiya birinchi vaziri iste’foga chiqmoqda

Nikola Sterjen.

Foto: BBC

Shotlandiyaning birinchi vaziri va Milliy partiya yetakchisi Nikola Sterjen iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Birinchi vazirlikdan ketishini ma’lum qilarkan, Sterjen bu lavozim «dunyodagi eng yaxshi ish» ekanini, bu lavozimda «og‘ir soatlar va kunlarni» boshdan kechirganini ta’kidladi.

«Yo‘lni o‘zgaga bo‘shatish fursati yetganini instinkt darajasida anglash o‘ta muhim», — dedi Sterjen.

Nikola Sterjen rasman qaysi sanadan iste’foga chiqishi hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun: Nikola Sterjen (1970-yilda tug‘ilgan) — Shotlandiya tarixidagi sanoq bo‘yicha beshinchi, ayollar orasida esa ilk Birinchi vazir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring