Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lovchi samolyoti 24 soatdan ziyod qo‘nmasdan parvoz qildi — yangi rekord

Yo‘lovchi samolyoti 24 soatdan ziyod qo‘nmasdan parvoz qildi — yangi rekord

Foto: Airbus

Airbus A350-1000ULR yo‘lovchi samolyoti qo‘nmasdan 24 soat 24 daqiqa parvoz qilib, bu boradagi yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Samolyot Avstraliyaning Melburn shahridan Fransiyaning Tuluza shahrigacha 23 ming kilometrdan ortiq masofani qo‘nishsiz uchib o‘tdi. Rekord o‘rnatish maqsadida parvoz yo‘lovchilarsiz va ataylab uzunroq yo‘nalish bo‘ylab amalga oshirildi.

2027 yildan boshlab Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi ilk 12 ta A350-1000ULR samolyotini qabul qilib oladi. Ular Sidneydan London va Nyu-Yorkkacha dunyodagi eng uzoq muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring