Yong‘in emas, yomg‘ir 9 insonning o‘limiga sabab bo‘ldi

Xitoyda sharros yomg‘ir yog‘ishi oqibatida kelib chiqqan sel tufayli to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari bedarak ketgan, deb xabar berdi «AiF».
Noxush hodisa 5-avgustga o‘tar kechasi Xubey provinsiyasida joylashgan Dobi darasidagi sayyohlik hududida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, o‘nlab odamlar tuzoqqa tushib qolgan.
Ayni vaqtda 61 nafar insonning hayoti saqlab qolingan. Hodisa sodir bo‘lgan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas