Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘in tufayli «Irlandiya» kashf qilindi

Yong‘in tufayli «Irlandiya» kashf qilindi

Foto: «Sky News»

Irlandiya g‘arbidagi Brey Hid tepaligida joylashgan «Eire» yozuvi «Irlandiya» ma’nosini anglatadi, deya xabar beradi  «Haber7.com» sayti.

«The Mirror» gazetasi xabariga ko‘ra, oq toshlarga bitilgan yozuv tuproq ostida qolib ketgan ekan.

Ikkinchi jahon urushida betaraf qolgan irlandiyaliklar bombardimonlardan saqlanish uchun mamlakat chegarasi atrofiga 80 ta ana shunday yozuvlarni yozib chiqishgan ekan.  Bunday yozuvlarga ko‘proq Irlandiyaning g‘arbiy qirg‘oqlarida duch kelish mumkin.

Brey Hid tepaligidagi bu yozuv yillar davomida o‘simliklar ostida qolib ketgan edi. Yong‘in ushbu yozuvlarni topishda «ko‘maklashdi».

Toshdan yasalgan kompozitsiyani politsiya xodimlari vertolyotda sayr qilayotib topishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring