Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘qolgan erkak garaj poliga betonlab tashlangan ekan

Yo‘qolgan erkak garaj poliga betonlab tashlangan ekan

Foto: RF Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati

Operativ xodimlar Bryanskda yo‘qolgan 57 yoshli kishining jasadini betonlangan holda topishdi.

«Rambler»ning yozishicha, o‘ldirilgan odamning qarindoshlari sal avval politsiya organlariga uning yo‘qolganligi haqida ariza berishgandi. Tergov chog‘ida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va Tergov qo‘mitasi xodimlari uning yo‘qolishi kriminal xarakterga ega degan xulosaga kelishdi va gumondorlarning iziga tushishdi. Erkakning jasadini Uritskiy ko‘chasidagi garaj poliga betonlangan holda topishdi, deb xabar beriladi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi saytida.

Uch nafar gumondor qamoqqa olindi, ular qasddan odam o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring