Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh oilalarga nikoh ta’tili beriladi — Xitoy

Yosh oilalarga nikoh ta’tili beriladi — Xitoy

Xitoyda yosh oilalarga nikoh ta’tili beriladi, maqsad — mamlakatda tug‘ilishni oshirish. Bu haqda Asia One xabar berdi.

Xitoy OAV xabarlariga ko‘ra, ta’til kunlari qancha bo‘lishini provinsiyalarning o‘zlari belgilaydi. Masalan, Gansu va Shansi provinsiyalari yosh oilalarga eng ko‘p ta’til (30 kun) bersa, Shanxay — 10 kun, Sichuan atigi 3 kun beradi.

Xitoyda aholi soni keskin kamayishni boshlagan, bu 1985–2015-yillarda amalda bo‘lgan, aholi sonini kamaytirish maqsadida joriy etilgan «bir oilaga — bir bola» siyosatining oqibati. Qolaversa, ta’lim olish qimmatlashib ketgani tufayli ko‘plab xitoyliklar birgina farzandli bo‘lishni ham istashmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring