YTH oqibatida baliq va o‘rdaklar «ko‘karib» ketdi

Braziliyada yuk mashinasi simyog‘ochga urilib, daryoga bo‘yoq oqib ketishi oqibatida kapibaralar, baliqlar va o‘rdak-g‘ozlarning rangi ko‘karib ketdi. TV TEM yozishicha, yuk mashinasi 2 ming litr bo‘yoq olib ketayotgan bo‘lgan.
«Ekologiya guruhlari hodisadan so‘ng daryodagi qushlarni qutqarmoqda. Sohilbo‘yi o‘rmonlari uyushmasi esa shu hodisadan jabrlangan kapibaralarni qidirmoqda», — deyiladi xabarda.
Suv tahlil qilinganida uning zaharlanmagani ma’lum bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter