Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuzlab koalalarni yong‘indan qutqargan it oltin medal bilan mukofotlandi

Yuzlab koalalarni yong‘indan qutqargan it oltin medal bilan mukofotlandi

Foto: «Ru24.net»

Good News Network saytining xabar berishicha, Avstraliyada Ayiq laqabli it 2019-2020-yillarda mamlakatda avj olgan o‘rmon yong‘inlari paytida yuzlab koalalarni qutqargani uchun Xalqaro hayvonlarni himoya qilish jamg‘armasi (IFAW) oltin medali bilan taqdirlandi.

6 yoshli avstraliyalik ovcharka (aussi)ni Ayiq deb chaqirishadi. U Avstraliyada koalalarni mo‘yna va najas hidiga ko‘ra topa oladigan yagona itdir. Yong‘in paytida u issiq zaminda panjalarini shikastlamaslik uchun maxsus himoya poyabzalida, hayvonlarga tibbiy yordam ko‘rsatgan ko‘ngillilar bilan birga jarohatlangan jonivorlarni qidirdi.

Ayiq Avstraliyada Sanshayn-Kost universitetida o‘rgatilgan. IFAW itning jarohatlangan koalalarni qidirishda «umid nuri» ekanligini ta’kidladi.

Buni qarangki, egalari ovcharkadan voz kechishgan va uni jonivorlar saqlanadigan joyga topshirib yuborishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bunga itning yurish-turishi, tinib-tinchimasligi sabab bo‘lgan.

Endi razvedkachi it yovvoyi tabiatni qutqarishda o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda. Ayiq mahalliy qutqaruv guruhlari bilan maxsus topshiriqlarda koalalarni qidiradi.

Xizmatlari uchun mukofotdan tashqari, Ayiqga o‘yinchoq va mazali yeguliklar topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring