Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Buyuk Britaniyaning nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi

Zelenskiy Buyuk Britaniyaning nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga nufuzli Uinston Cherchill xalqaro mukofotini topshirdi.

Bu haqda BBC xabar berdi. 

Marosim Dauning stritda bo‘lib o‘tdi, Zelenskiy unda videoaloqa orqali ishtirok etdi.

«Bosh vazir Boris Jonson bugun prezident Zelenskiyga Putin agressiyasi qarshisida ko‘rsatgan jasorati, bo‘ysunuvchanligi va qadr-qimmati uchun ser Uinston Cherchill mukofotini topshirdi», — deyiladi bosh vazirlik idorasi xabarida.

Keyinchalik Vladimir Zelenskiy bu barcha ukrainaliklar uchun mukofot ekanligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach Boris Jonson Zelenskiyni faol qo‘llab keldi, hatto ikki bor Kiyevga tashrif buyurdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring