Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy deputatlarga 24 soat muhlat berdi

Zelenskiy deputatlarga 24 soat muhlat berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatni tark etgan Oliy Rada deputatlarini 24 soat ichida qaytishga chaqirdi. Bu haqda u prezident devonining Facebookdagi sahifasida tarqatilgan matbuot anjumanida aytib o‘tilgan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ayrim xalq deputatlari oila a’zolari hamda o‘zlari chet elga chiqib ketgan. Prezident ularga mamlakatga qaytish uchun 24 soat vaqt bergan.

«Menimcha, ular qaytishlari kerak, aks holda davlat sifatida, rahbariyat sifatida barchamiz jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz kerak bo‘ladi», — degan Zelenskiy.

Zelenskiy qaysi partiya deputatlari Ukrainani tark etganiga aniqlik kiritmagan.

Uning ta’kidlashicha, rasmiylar o‘z namunasi bilan Ukraina xalqiga birdamlik signallarini berishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina atrofidagi taranglik kundan kunga kuchaymoqda. G‘arb Rossiya hujumi ehtimolini yuqori baholab, mamlakatga harbiy yordam jo‘natmoqda. 

Shuningdek, ko‘plab ukrainalik oligarxlar ketib qolayotgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring