Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Yevropa Ittifoqidan Ukrainani tezroq qabul qilishni so‘radi

Zelenskiy Yevropa Ittifoqidan Ukrainani tezroq qabul qilishni so‘radi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Ukrainani hamjamiyatga qabul qilishni kechiktirmaslikni so‘radi.

Bu haqda siyosatchi Yevropa kengashiga videomurojaatida ma’lum qilgan. 

U Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun «yo‘l qurayotganini» eslatdi.

«Qaror qabul qilishda kechikmaslikni iltimos qilaman. Ko‘ryapsizmi, kim nimaga loyiq vaziyat ko‘rsatmoqda. Ukraina yaqin kelajakda YeIga a’zo bo‘lishi kerak, bizda shunday imkoniyat bor», — deya murojaat qildi u.

Siyosatchiga ko‘ra, Litva, Latviya, Estoniya va Polsha allaqachon Ukrainaning YeIga kirishi tarafdori. U Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi.

Avvalroq, Zelenskiy urush sharoitida Yevropa Ittifoqiga a’zolik uchun ariza topshirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring