Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy «Katta yigirmatalik»da ishtirok etadi

Zelenskiy «Katta yigirmatalik»da ishtirok etadi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15-16-noyabr kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etadi.

«Biz Ukraina uchun juda muhim haftaga hozirdanoq faol tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Diplomatik hafta, deyish mumkin. G20 sammiti Indoneziyada bo‘lib o‘tadi. Bizning pozitsiyamiz juda mazmunli tarzda taqdim etiladi», – deydi Zelenskiy o‘z videomurojaatida.

U onlayn formatda ishtirok etishini, murojaatlari efirga uzatilishini ma’lum qildi.

«Biz hozir ko‘tarilayotgan ko‘plab savollarga ochiq javob beramiz. Jamoatchilikka javoblarimiz shundayki, ularni butun xalqimiz, hamkorlarimiz eshitgan. Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan har bir kishi eshitgan. Mening nutqim seshanba kuniga rejalashtirilgan», – deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zedenskiy sammitda Rossiya prezidenti Putin ishtirok etsa, unda qatnashmasligini ma’lum qilgandi. Keyinroq G20 sammitida Rossiya delegatsiyasiga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilishi ma’lum bo‘lgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring