Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy korrupsiyani vatanga xiyonat bilan tenglashtirishni taklif qildi

Zelenskiy korrupsiyani vatanga xiyonat bilan tenglashtirishni taklif qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Rada (Ukraina parlamenti)ga korrupsiyani urush davrida davlatga xiyonat bilan tenglashtirishni taklif qildi.

«Men qonunchilik oldiga vazifa qo‘ydim. Takliflarim Ukraina qonun chiqaruvchilarini korrupsiyani urush davridagi davlatga xiyonat bilan tenglashtirishga chaqiradi», — dedi Zelenskiy.

Siyosatchining qayd etishicha, u bunday qaror jamiyatda doimiy ravishda amalda bo‘lmasligini biladi, ammo urush vaqtida yordam berishi mumkin.

Tegishli qonun loyihasi keyingi haftada taqdim etiladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring