Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Putin bilan uchrashsa unga nima deyishini aytdi

Zelenskiy Putin bilan uchrashsa unga nima deyishini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 23-aprel kuni Kiyevdagi metro bekatlaridan birida matbuot anjumani o‘tkazdi.

Unda Zelenskiy Putin uchrashsa qanday masalani ko‘tarishini ma’lum qildi. 

«Men Putin bilan gaplashadigan masalalar faqat Ukraina prezidenti sifatida o‘zimni qiziqtiradigan masalalar bo‘ladi deb o‘ylayman. Bu hududiy yaxlitlik masalasidir. «Bizning Donbassning kelajagi nima bo‘ladi? Bizning Qrim qanday yashashda davom ettiradi? Bu haqda qayerda va qaysi nuqtada kelishib olishimiz mumkin? Va biz buni umuman qila olamizmi?», dedi prezident.

Shuningdek, Zelenskiy avval Moskva va so‘ngra Kiyevga tashrifi kutilayotgan BMT bosh kotibini tanqid qilgan. Prezidentning fikricha BMT kotibi avval og‘ir urushni boshdan kechirayotgan Ukrainaga kelishi kerak. 

Avvalroq, Zelenskiy Putin bilan uchrashishga tayyorligini yana bir bor ta’kidlagandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring