Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Putin bilan Vatikanda uchrashuv o‘tkazmoqchi

Zelenskiy Putin bilan Vatikanda uchrashuv o‘tkazmoqchi

Foto:«Facebook»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga Vatikanda uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda u  la Repubblica nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan. 

«Bu har jihatdan eng yaxshi joydir. Vatikan haqiqatda tinchlik to‘g‘risida muloqotlar uchun qulay makon. Muqaddas Taxt (Vatikan hokimiyati) — har doim samarali vositachi rolini o‘ynaydigan, xolis va mojaro ishtirokchilarining ishonchini uyg‘otadigan global axloqiy hokimiyatdir», — deydi Ukraina rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, vositachi taraf Rossiya va Ukrainaning kelishuvga erishishda yetishmayotgan ishonchini ta’minlaydi.

Shuningdek, u Putin bilan uchrashuv albatta bo‘lib o‘tishini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy Putinga Donbassning urush ketayotgan hududida uchrashishni taklif qilgan, Putin esa har qanday qulay vaqtda uni Moskvada qabul qilishi mumkinligini aytgandi. 

Ukraina bosh vazirining o‘rinbosari Aleksey Reznikov  esa davlat rahbari Moskvaga bormasligini aytib, barcha muzokaralar «normand formati» doirasida o‘tkazilishi kerakligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring