Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Putin u bilan gaplashishdan «qochib yurganini» aytdi

Zelenskiy Putin u bilan gaplashishdan «qochib yurganini» aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin deyarli ikki yil davomida u bilan gaplashishdan qochganini aytdi.

Ukraina prezidenti Janubiy Koreyaning «Chosun» gazetasi savoliga shu tariqa javob bergan.

«U deyarli ikki yil davomida men bilan telefon suhbatlaridan qochdi», deydi Zelenskiy va bu vaziyatni Putinning «aytadigan gapi yo‘qligi» bilan izohladi. Endi «Putin Ukraina hududidan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketgunga qadar u bilan gaplashish qiyin», deydi u.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya va Ukraina rahbarlari bir necha yillardan beri muloqot qilishmayapti. Ular oxirgi marta 2020-yil iyul oyida telefon orqali gaplashishgan. Putin va Zelenskiyning shaxsiy uchrashuvi 2019-yilda Normand formatidagi sammitda bo‘lib o‘tgan.

Ukrainadagi urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Zelenskiy Putin bilan shaxsiy uchrashuvga tayyor ekanligini bir necha bor aytdi. Kreml Rossiya prezidenti Ukraina rahbari bilan uchrashishdan bosh tortmaganini, ammo muzokaralarni tashkil etish uchun aniq hujjat zarurligini aytib keladi.

Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari 1991-yilgi chegaralardan olib chiqib ketilgandan keyingina muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring