Zelenskiy Putin va Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
Zelenskiy, shuningdek, «Tramp–Putin» yoki «Tramp–Zelenskiy» formatlaridagi ikki tomonlama uchrashuvlarga ham tayyor ekanini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, uchrashuvlar bir vaqtda va yagona joyda bo‘lib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ukraina rahbari Vatikan, Shveysariya yoki boshqa davlatlar taklif qilgan joylarda texnik darajadagi muzokaralarga ham ochiqligini qayd etgan. U, zarurat bo‘lsa, oldindan tayyorgarliksiz ham yetakchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazish mumkinligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 16-may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter