Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Putinning asl maqsadi nima ekanini aytdi

Zelenskiy Putinning asl maqsadi nima ekanini aytdi

Prezident Vladimir Zelenskiyning fikricha, Vladimir Putinni faqat ma’lum hududlar qiziqtirmaydi, uning rejasi Ukrainani butunlay yo‘q qilishdir.

«Biz Putinni faqat biron bir hudud: shahar yoki qishloq, Qrim yoki Donbass qiziqtirmasligiga aminmiz. U Ukrainaning butunlay yo‘q qilinishidan, mustaqil Ukraina yerlarining Rossiyaga qo‘shilishidan manfaatdor», — dedi Zelenskiy.

«Fuqarolar nishonlariga zarbalar berish, aholini qo‘rqitish, Putin atrofidagilarning o‘z ommaviy axborot vositalarida ochiq bayonotlari – bu xabarlarning barchasi, ular aytganidek, ular o‘z missiyasini yakunlamaganliklarini va uni davom ettirishlarini ko‘rsatadi

Bu xabarlarning barchasi uning maqsadi alohida hududlar emas, balki butun Ukraina ekanini anglatadi», - deya davom etdi yetakchi.

Zelenskiy urushdagi tanaffus «Ukrainani saqlab qolish va uning kelajagi uchun jiddiy muammo» va butun Yevropa uchun muzlatilgan mojaro muammosi bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina, xususan, Qrim va Donbassning bir qismini bosib olganidan keyin mojaroni muzlatish tajribasiga ega edi.

«Urushdagi to‘xatilish bu Putin uchun pauzadir», — dedi Zelenskiy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring