Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Putinning tirik ekanidan shubhada. Kreml javob berdi

Zelenskiy Putinning tirik ekanidan shubhada. Kreml javob berdi

Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Vladimir Putinning tirikligiga shubha qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya rasmiylari qarorlari ortida kim turganini bilmasa, tinchlik muzokaralaridan ma’no ko‘rmaydi.

«Menda Rossiya prezidentining tirikligi haqida shubhalar bor. Chunki uning tezevizordagi chiqishlari yozib olinganga o‘xshaydi. Men Kreml qarorlari ortida kim turgani, kim bilan muzokara qilish kerakligini bilmayapman»,— degan Davosdagi forumda Ukraina rahbari.

Zelenskiy, shuningdek, Rossiya prezidentining o‘zi qaror qabul qilishiga to‘liq ishonch hosil qila olmasligini aytdi.

O‘z navbatida Putinning matbuot kotibi Ukraina prezidentining so‘zlariga munosabat bildirib, uning so‘zlarini keskin rad etgan. Uning fikricha, Putin tirik va rasmiy Kiyev buni boricha qabul qilishi kerak. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring