Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy «tarixdagi eng yaxshi sotuvchi» — Tramp

Zelenskiy «tarixdagi eng yaxshi sotuvchi» — Tramp

Foto: Marco Bello/Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «tarixdagi eng yaxshi sotuvchi», chunki AQShdan katta pullarni olib ketyapti. Pensilvaniya shtatida o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda so‘zga chiqqan respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Tramp shunday dedi.

«Zelenskiy — tarixdagi eng yaxshi sotuvchi. Har safar mamlakatimizga kelsa, 60 mlrd dollar olib qaytadi», — dedi Tramp.

Trampning fikricha, Zelenskiy AQSh prezidentligi uchun saylovda demokratlar g‘alaba qozonishini istaydi, chunki ulardan pul olyapti. Tramp o‘z tarafdorlariga saylovda g‘alaba qozonsa Zelenskiy va Putinga qo‘ng‘iroq qilib, kelishib olishga chaqirishga va’da berdi.

Vladimir Zelenskiy The New Yorker nashriga bergan intervyusida Tramp «urushni qanday qilib to‘xtatish»ni bilmasligini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring