Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Ukraina nimaga muhtojligini aytdi

Zelenskiy Ukraina nimaga muhtojligini aytdi

Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina o‘z hududini Rossiya havo hujumlaridan to‘liq himoyalash uchun 25 ta Patriot zenit-raketa kompleksiga muhtojligini aytdi.

«Bizda qancha Patriot tizimi borligini aytmayman. Aytadiganim: Ukrainaning butun hududini kelajakda himoyalash uchun 25 ta Patriot tizimi kerak bo‘ladi. Men bu yerda hech qanday sirni ko‘rmayapman, chunki bizning barcha hamkorlarimiz buni allaqachon yaxshi bilishadi, ular hatto tegishli tizimlarni o‘rnatish va harakat qilish kerak bo‘lgan nuqtalarni ham bilishadi», dedi u shanba oqshomidagi telemarafonda.

Ukrainada havo hujumidan mudofaa uchun raketalar zaxirasi bormi va energetika tizimi «to‘liq yakson qilinishi» xavfi bormi degan savollarga javob berar ekan, Zelenskiy shunday dedi: «Biz ko‘plab energiya ob’yektlarini havo mudofaasi va boshqa mudofaa vositalari bilan himoya qila oldik. Ammo, afsuski, bu himoya tizimlarida ishlamaydigan raketalar mavjud. Va bu yerda faqat Patriot  tizimi yordam berishi mumkin».

«Bizda bugun havo hujumidan mudofaa zaxiralari bor, ammo men ertaga nima bo‘lishini o‘ylashimiz kerak deb hisoblayman. Agar ular o‘tgan oydagidek har kuni zarba berishsa, bizda raketalar yetarli bo‘lmasligi mumkin va buni hamkorlarimiz bilishadi», — deya Zelenskiy so‘zlarini keltiradi «Ukrainska pravda» nashri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring