Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Ukrainani tark etib, AQShga yo‘l olgani aytildi

Zelenskiy Ukrainani tark etib, AQShga yo‘l olgani aytildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga yo‘l olgani xabar berildi. Bu haqda CNN o‘z manbalarga tayanib yozmoqda.

«Ukraina prezidenti o‘z mamlakatini tark etdi va ikki manbaga ko‘ra, allaqachon bu yerga [Вашингтонга] yo‘l olgan», dedi telekanal boshlovchisi.

Avvalroq AQSh va Ukraina prezidentlari 21-dekabr, chorshanba kuni Oq uyda shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotgani xabar qilingan.

CNNning yozishicha, Ukraina prezidentining xavfsizlik nuqtai nazaridan ehtiyotkorlik bilan yashirilgan tashrifi AQSh ma’muriyatining Kiyevga «Patriot» raketa tizimlarini o‘z ichiga olgan yangi harbiy yordam paketini yuborish maqsadi bilan ham bog‘liq.

Zelenskiy avvalroq Rossiya bilan urushni tugatish shartini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring