Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy: «Urush tugashiga oz qoldi»

Zelenskiy: «Urush tugashiga oz qoldi»

Kursk operatsiyasi boshlangandan so‘ng, Rossiya hukumati Ukraina Qurolli kuchlari ushbu hududdan chiqarib yuborilmaguncha, Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini bekor qildi. Biroq, Vladimir Zelenskiy urushning oxiri hamma o‘ylagandan ham yaqinroq, deb hisoblaydi.

Bir kun avval AQShga borgan Ukraina prezidenti ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning tugashi o‘ylagandan ham yaqinroq ekanini aytdi.

«Menimcha, biz o‘ylagandan ko‘ra tinchlikka yaqinroqmiz. Urush tugashiga oz qoldi. Biz faqat juda kuchli bo‘lishimiz kerak», — dedi Zelenskiy.

Uning fikricha, Ukraina faqat «kuchli pozitsiya» bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni mojaroni tugatishga undashi mumkin.

Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasi arafasida AQShga bordi. Ukraina prezidenti shuningdek, Jo Bayden va AQSh prezidentligiga nomzodlar — Kamala Xarris va Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtirgan. Ularning barchasiga o‘zining «g‘alaba rejasi»ni taqdim etishni rejalashtirgan.

Kreml Zelenskiyning «g‘alaba rejasi» haqida hali izoh bermadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring