Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiydan qariyb yarim million kishini urushga yuborish so‘raldi

Zelenskiydan qariyb yarim million kishini urushga yuborish so‘raldi

Ayni damda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy katta matbuot anjumani o‘tkazmoqda.

Ukraina rahbariga ko‘ra, Valeriy Zalujniy boshchiligidagi qurolli kuchlar rahbariyati undan 450-500 ming kishini safarbarlikka chaqirishni so‘rab, murojaat qilishgan. 

Ammo Zelenskiy bu borada hali bir qarorga kelmaganini aytdi. 

«Men bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq dalillar kerakligini aytdim», dedi Zelenskiy.

Uning fikricha, bu borada adolatni saqlash muhim.

Zelenskiy, shuningdek, bunday sonli odamlarni safarbar qilish qiymati taxminan 500 milliard grivnani (taxminan 13 milliard dollar) tashkil etishini aytdi.

Avvalroq, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina katta yo‘qotishlarga uchraganini iddao qilib chiqqandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring