Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zimbabve parlamentida mamlakat budjeti muhokamasi payti chiroq o‘chib qoldi

Zimbabve parlamentida mamlakat budjeti muhokamasi payti chiroq o‘chib qoldi

Foto: BBC

Zimbabve parlamentida mamlakat budjeti muhokamasi payti chiroq o‘chib qoldi, deb xabar berdi BBC. Elektr uzilishi moliya vaziri deputatlarga mamlakat budjeti loyihasi haqida so‘zlayotgan paytda ro‘y berdi.

Zimbabveda blekautlar deyarli har kuni sodir bo‘lib, 12 soatgacha cho‘ziladi.

Qurg‘oqchilik tufayli mamlakatda elektr energiyasi keskin taqchilligi kuzatilmoqda. Yomg‘ir kam yoqqanidan Zimbabvedagi elektr ishlab chiqaradigan eng yirik — Kariba elektr stansiyasi bir me’yorda ishlamayapti.

Parlamentda chiroq o‘chganidan so‘ng muxolifatchi deputatlar bu mamlakatdagi og‘ir vaziyat ramzi ekanini aytib qichqirishni boshlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring