Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zombi-virus O‘zbekistonga xavf soladimi?

Zombi-virus O‘zbekistonga xavf soladimi?

Olimlar Sibirning abadiy muzligidan yoshi 48 500 yil bo‘lgan zombi-viruslarini topib, ularni laboratoriya sharoitida jonlantirishgani haqida xabarlar tarqaldi.

Sanepidqo‘mita axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumotlar ulashdi va uning O‘zbekistonga qanchalik xavf solishi haqidagi xavotirlarga javob berdi.

Eng qadimgi namuna 16 metr chuqurlikdagi yer osti ko‘lida topilgan. Ushbu virus odamlar hayoti uchun o‘ta xavfli. Chunki inson tanasi bunday qadimiy viruslar bilan kurashishga moslashmagan.

Olimlar ma’lum bo‘lgan viruslarning beshta yangi oilasini allaqachon aniqladi. Ular bir nechta virus shtammlarini jonlantirishdi va ularni patogenlik xavfini mavjudligini aniqlishga erishishdi.

Tadqiqotchilar «zombi-viruslar» deb ataydigan bunday patogenlar jamoat salomatligiga xavf solishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Inson immuniteti turli xil viruslar bilan aloqasi natijasida ularga qarshi turg‘un immunitet hosil qilgan. Biroq, insoniyat ilgari duch kelmagan qadimiy shtammlar bilan immunitet bardosh bera olmasligi mumkin.

So‘nggi yillarda olimlar qadimgi viruslar va bakteriyalar bilan bog‘liq tahdid haqida ko‘proq gapirishmoqda. O‘n minglab yillar davomida ular abadiy muzliklarda saqlangan. Biroq, hozirda abadiy muzliklar erishi oqibatida tabiatga tarqalish ehtimoli mavjud.

Fransiyalik olimlarga ko‘ra, bugungi kunda iqlim o‘zgarishi tufayli muzliklar juda tezlik bilan erib borishi sababli, qadimiy viruslar tabiiy sharoitlarda ham tirilishi mumkin. Shu holatga tayyor bo‘lish uchun olimlar viruslarni laboratoriya sharoitida jonlantirib, ularga qarshi profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar ko‘rishga tayyorgarlanishmoqda.

«Zombi-virusi» yoki boshqacha «Pandoravirus» deb ham ataladigan virus Yoqitistondagi ko‘lning tubida topilgan.

Zombi-virusi – bu odamlarni zombilarga aylantiradigan virus yoki kasallikning umumiy nomidir. Zombi-virusi juda yuqumli va zombi chaqishi, qon, havo tomchilari yoki suv orqali inson tanasiga kirishi mumkin. Agar zombi-virusi juda yuqumli bo‘lsa, infeksiyani yuqtirish uchun hatto murdaga yoki virusning boshqa manbasiga teginish ham yetarli bo‘ladi.

Zombi virusi o‘lgan odamlar va hayvonlarning hujayralarining o‘sishini tezlashtirish orqali ularni qayta jonlantirishga qodir. Zombi-virusi tananing energiyaga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishi yoki qandaydir tarzda ularning sarflanishini kamaytirishi mumkin, chunki zombilar bir necha oy ovqatlanmasdan yurishlari mumkin. Virus, shuningdek, zombi ichidagi mutatsiyaga qodir va ularning ba’zilariga noyob qobiliyatlarni beradi.

Zombi virusi qanday yo‘llar bilan yuqadi?

Havo-tomchi yo‘li bilan:

Zombi-virusi har qanday shaharda bioterrorchilar tomonidan havo tomchilari orqali sepilishi mumkin. Bunday holatda, juda ko‘p odamlarga bir zumda zombi-virusi yuqadi, natijada esa ular bir necha daqiqa yoki soat ichida zombiga aylanishi mumkin. Bunday holda, zombi-virusining tarqalishini bostirish qiyin bo‘ladi. Havo orqali purkalgan zombi-virusi oxir-oqibat konsentratsiyani xavfsiz darajaga tushiradi va xavf tug‘dirishni to‘xtatadi. Bu bir yoki bir necha soat ichida sodir bo‘lishi mumkin.

In’yeksiya usuli bilan:

Virus odamlarga in’yeksiya qilish yo‘li bilan ham yuqadi. Buni bioterrorchilar yoki hukumat yangi biologik qurollarni sinab ko‘rish uchun qilishi mumkin. 

Suv va oziq-ovqat mahsulotlari bilan:

Zombi-virusi  suv orqali ham yuqishi mumkin. Bunda zombi-virusiga chalingan murdani suvga tushishi natijasida viruslarni suv oqimi orqali tarqalishi hamda shaharlarda suv ta’minoti orqali tarqalishi mumkin. Ifloslangan suvlardan olib oziq-ovqatlarni tayyorlashda foydalanilganda ham yuqish ehtimoli mavjud.

Zombi-virusi yurtimizda uchrashi mumkinmi?

Xavotirlanishga hojat yo‘qligini ma’lum qilamiz. Bugungi kunda respublikamiz aholisiga zombi-virusi bo‘yicha xavf-xatar mavjud emas, deyiladi Sanepidqo‘mita xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring