Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15-avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

15-avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

Foto:«Uza.uz»

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n yettinchi kuni (15-avgust) natijalari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat test markazi o‘z rasmiy kanalida xabar berib o‘tdi. 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
- Buxoro davlat universitetining 5111800 – «Maktabgacha ta’lim» ta’lim yo‘nalishi – 163,7 ball.

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:
- Buxoro davlat universitetining 5111800 – «Maktabgacha ta’lim» ta’lim yo‘nalishi – 147,4 ball.

k) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:
- Samarqand davlat universitetining 5111800 – «Maktabgacha ta’lim» ta’lim yo‘nalishi – 58,6 ball.

Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet orqali ya’ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritgan holda ko‘rish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring