68 ta jarimasi bor «Spark» qo‘lga tushdi
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv bo‘limi tomonidan qarzdorlarga tegishli avtotransport vositalarini aniqlash bo‘yicha YHXB bilan hamkorlikda doimiy ravishda qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Viloyatning Yuqorichirchiq tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirlarning birida 68 ta 23 million so‘mlik ma’muriy jarimasi bor «Spark» avtotransport vositasi aniqlandi.
Mazkur avtoulov tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qarzdorlik so‘ndirilgunga qadar vaqtincha jarima maydoniga qo‘yildi.
Berilgan ixtiyoriy muddatda avtotransport vositasi egasi tomonidan qarzdorlik bartaraf etilmagan holda haydovchiga tegishli bo‘lgan avtomashinani realizatsiya qilish choralari ko‘riladi.
Ya’ni tegishli tartibda baholanib elektron auksion savdolariga chiqariladi. Sotuvdan tushgan pul mablag‘i ma’muriy jarimalarni so‘ndirishga, qolgan qismi qarzdorning o‘ziga qaytariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter