Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buqa 300 ming dollarga sotildi

Buqa 300 ming dollarga sotildi

Foto: Millah Murrah

Avstraliyadagi kimoshdi savdosida angus zotli buqa mamlakat uchun rekord narx — 420 ming avstraliya dollari (300 ming AQSh dollari)ga sotildi.

Wyatt W50 laqabli rekordchi-buqa Yangi Janubiy Uels shtatidagi Millah Murrah naslchilik xo‘jaligida o‘stirilgan. Ushbu rancho mazkur zotli buqalarni yetishtirish etaloni hisoblanadi.

Uch yuz minglik buqa 19 oylik bo‘lib, vazni 834 kg. Jonivorning yaxshi nasl berish xususiyati xaridorlarni jalb qildi. Bu zotga mansub buqalar vazni tez oshadi.

Shu paytgacha dunyoda eng qimmat narxga SAV America 8018 laqabli angus buqasi sotilgan. 2019-yil AQShda bo‘lib o‘tgan kimoshdida jonivor uchun xaridor $1,51 mln to‘lagan. Bu buqaning o‘ziga xosligi shundaki, 205 kunligida 500 kg tosh bosgan, ya’ni me’yordagidan ikki karra yuqori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring