Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Avto-Idial-Xizmat» mansabdorlariga oid jinoyat ishi qayta tiklandi

«Avto-Idial-Xizmat» mansabdorlariga oid jinoyat ishi qayta tiklandi

Angrendagi «Avto-Idial-Xizmat» MChJ faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida shu yilning 17-martida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi oradan 13 kun o‘tib (30 mart kuni) to‘xtatilgan edi. Jinoyat ishi to‘xtalishiga ayblanuvchining unda (jinoyat ishida) ishtirok etishini istisno etadigan og‘ir va davomli, lekin davolab bo‘ladigan kasallikka chalingani (JPK 364-modda, 4-qismi) asos bo‘lgani aytiladi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, shu yilning 11-may kuni jinoyat ishi qayta tiklandi. Shuningdek, MChJ mansabdorlarining xatti-harakatlari JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a» bandiga qayta malakalanib, dastlabki tergov harakatlarini davom ettirish uchun Angren shahar IIB TBga yuborilgan. 

Ma’lumki, «Avto-Idial-Xizmat» MChJ mansabdorlari aholiga 20-30 foiz oldindan to‘lov qilish va 5 foiz ustama evaziga yengil avtomashina sotib olishni taklif qilib kelgandi. Buning natijasida 2019-yil oktyabr oyidan 2020-yilning mart oyiga qadar 1506 nafar yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lingan.

Mazkur shartnomalarga asosan (avtomashinaning 20-30 foizini oldindan to‘lovi sifatida) jami 36 316 087 684 so‘m pul mablag‘lari jamiyat hisobiga tushirilgan. Hozircha 228 nafar mijozga (23 629 777 528 so‘mlik) avtomashina yetkazib berilgan, xolos. Qolgan 1283 nafar mijozga avtomashinani yetkazib bermasdan yoki to‘langan pul mablag‘larini egalariga qaytarmasdan fuqarolarning huquqlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani aytilmoqda. Yetkazib berilmagan avtomashinalar pulga chaqqanda umumiy miqdor 30 531 487 684 so‘mni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring