Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim AYQShlarda benzindan urib qolish holatlari aniqlandi

Ayrim AYQShlarda benzindan urib qolish holatlari aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistondagi AYQShlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 108 ming litr neft mahsulotlari bilan bog‘liq qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Energetika vazirligi xabar qilishicha, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan neft mahsulotlarini sifat va miqdor jihatidan amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi bo‘yicha Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan joriy yilning iyun—iyul oylarida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Nazorat tadbirlari davomida neft mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi 44 ta xususiy korxonalarga qarashli AYoQShlarda umumiy miqdori 108 ming litr neft mahsulotlari bilan bog‘liq qonun buzilish holatlari aniqlangan. Jumladan:

  • AYoQShlarda saqlanayotgan neft mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriya sharoitida tahlil etilganida 34 ming litr mahsulot sifatsiz ekani;
  • 60 ming litr kamomad, 15 ming litr ortiqchalik va 299 litr asossiz hisobdan chiqarish holatlariga yo‘l qo‘yilgani;
  • 10 ta holatda iste’molchilar haqidan har 10 litrda 30 millilitrdan 750 millilitrgacha kam quyib berilayotgani;
  • AYoQShlarda 70 ga yaqin texnik va metrologik kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan.

Respublika bo‘yicha aniqlangan qonun buzilish holatlarining asosiy qismi Namangan viloyati (55,4 ming litr), Farg‘ona viloyati (27 ming litr), Sirdaryo viloyati (14,2 ming litr), Surxondaryo viloyati (4,2 ming litr), Qashqadaryo viloyat (2,7 ming litr) lariga to‘g‘ri kelmoqda.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga muntazam ravishda yuborilmoqda. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring