Bezori haydovchi qanday jazolanadi?
Haydovchi yo‘l bezoriligini sodir etsa, 1 yildan 2 yilgacha muddatga transportlarni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bundan tashqari, haydovchining bu qilmishi BHMning 25 baravari (11 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonunchilikka ko‘ra, yo‘l bezoriligi:
- haydovchilarining boshqa transportlar harakatiga qasddan to‘sqinlik qilishi;
- harakatlanish burchagi va (yoki) tezligini saqlagan holda transportni sababsiz sirpantirishi (drift);
- o‘z yo‘nalishida harakatlanish bo‘lagini sababsiz keskin ravishda 3 va undan ortiq marta uzluksiz o‘zgartirishi;
- yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi harakatlarni namoyishkorona sodir etish hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter