Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobillarni jarima maydonchalariga joylashtirish raqamlashtiriladi

Avtomobillarni jarima maydonchalariga joylashtirish raqamlashtiriladi

Foto: Xabar.uz

Toshkentda avtomobillarni jarima maydonchalariga joylashtirish raqamlashtiriladi.

2026-yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahrida tajriba tariqasida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining «Jarima maydonchasi» yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi moduli ishga tushiriladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi. Unda aytilishicha, qonunchilik buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini jarima maydonchasiga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va chiqarishga ruxsat berish jarayonlari elektron tarzda amalga oshiriladi.

Transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish bo‘yicha ruxsatnoma mansabdor shaxslar tomonidan QR-kod bilan tasdiqlanib, haydovchiga elektron tarzda yuboriladi. Qoidabuzarlik uchun jarimalar, saqlash to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) yoki tizim orqali elektron shaklda to‘lanadi.

Saqlash xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning axborot tizimlari hamda pul aylanmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Jarima maydonchasi» moduli orqali soliq organlariga avtomatik tarzda yuboriladi. Jarima maydonchalarida 6 oydan ortiq muddat saqlangan va talab qilinmagan transport vositalari tegishli reyestrga kiritiladi.

Ushbu tajriba loyihasi Toshkent shahrida 2034-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda amal qiladi. Bu davrda xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar idoralararo komissiya tomonidan ochiq tanlov asosida tanlab olinadi.

Qaror bilan jarima maydonchalari, ushbu xizmatni ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun talablar ham belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring