Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp BMT qarorgohidan Putinga murojaat qildi

Tramp BMT qarorgohidan Putinga murojaat qildi

Foto: Euronews

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina bilan mojaroni tugatishga chaqirdi.

U bu bayonotni Bosh Assambleya uchun Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohiga kelganida aytgan.

​Donald Tramp AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp bilan bosh qarorgohga yetib keldi. Jurnalistlarning Vladimir Putinga qanday xabar yetkazmoqchi ekanligi haqidagi savoliga Amerika prezidenti: «Urushni tugating», deb javob berdi.

​BMT Bosh Assambleyasi 22-28-sentyabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tmoqda. Donald Tramp bugun nutq so‘zlaydi.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolsning xabar berishicha, Amerika prezidenti tinchlik kelishuvlari va Eron bilan mojaroni muhokama qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring