Bugun Toshkentda Olmazor ko‘chasining bir qismi avtomobillar uchun yopildi

Bugun Toshkent shahrida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Olmazor ko‘chasining bir qismi vaqtincha avtomobil qatnovi uchun yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
«Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!
Yangi yil bayram tadbirlari vaqtida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, 31 dekabr kuni Olmazor ko‘chasining Alisher Navoiy xiyobonidan «O‘zbekiston» metro bekatigacha bo‘lgan qismi avtomobillar qatnovi uchun yopiladi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter