Ukrainaga qurol yetkazishni to‘xtatishga kim buyruq bergani ma’lum bo‘ldi

Pentagon rahbari Pit Xegset bir tomonlama tartibda Ukrainaga ayrim qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishga qaror qilgan. U uchinchi marta mustaqil ravishda shunday qarorga keldi, deb xabar berdi NBC News manbalarga asoslangan holda.
Janob Xegset fevral va may oylaridayoq Kiyevga harbiy yordamni to‘xtatishga buyruq bergan edi. Keyin uning qarorlari bir necha kundan keyin bekor qilindi. Bu safar AQSh qonunchilari va ba’zi Yevropa ittifoqchilari ham qarorni bekor qilishga harakat qilishdi, biroq Oq uy qarorni himoya qildi.
Qo‘shma Shtatlar pauzani qurol-yarog‘ning kamligi bilan izohladi. Biroq, yuqori martabali zobitlar tomonidan olib borilgan tahlillar harbiy yordamni to‘xtatib turishni oqlashi mumkin bo‘lgan kamomadni aniqlamadi, deb ta’kidladi telekanal manbalari.
Manbalarga ko‘ra, Pit Xegsetning bu harakatidan Davlat departamenti, Kongress a’zolari, shuningdek, Ukraina rasmiylari va AQShning Yevropadagi ittifoqchilari ajablanib qolgan.
Vashington 2 iyul kuni Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni to‘xtatdi. NBC ma’lumotlariga ko‘ra, so‘z yuritilayotgan qurollar orasida o‘nlab Patriot zenit raketalari, minglab 155 mm artilleriya snaryadlari, 100 dan ortiq Hellfire raketalari va boshqa qurollar bor. Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryusning aytishicha, AQSh Ukrainaga zenit va boshqa raketalardan tashqari harbiy yordam berishda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter