Daihatsu zavodlari mojaro tufayli faoliyatini to‘xtatdi
Toyota kompaniyasining sho‘’ba korxonasi — Daihatsu sinov natijalarini soxtalashtirish bilan bog‘liq mojaro ortidan Yaponiyadagi zavodlari faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda NHK.
Kioto va Shiga prefekturalaridagi uchta korxona faoliyatini to‘xtatdi, shuningdek, 26 dekabr kuni Osaka prefekturasidagi asosiy zavodda ishlab chiqarish to‘xtatiladi.
Zavodlar bir oy ishlamaydi, bu davrda ular 70 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarishi mumkin edi.
Daihatsu o‘z avtomobillarining davlat sertifikatini olish uchun uzoq vaqtdan beri ma’lumotlarni soxtalashtirib kelagan.
20 dekabr kuni kompaniya mustaqil ekspertiza natijalarini e’lon qildi, unda Daihatsu tomonidan ishlab chiqarilgan 64 ta model va uchta dvigatelda, shu jumladan Toyota brendi ostida 100 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan. Shundan so‘ng kompaniya barcha avtomobil modellarini yetkazib berishni to‘xtatdi va Toyota sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter