Jahonda eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar reytingi tuzildi

Focus2Move agentligi Focus2Move jahonda eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar reytingini tuzdi.
2025-yil yanvarida Toyota (Yaponiya) eng ko‘p mashina sotgan brendga aylandi — 706 mingdan ortiq.
Ikkinchi o‘rinni 395,8 mingta mashina bilan Volkswagen (Germaniya), uchinchi o‘rinni yapon konserni Honda (278 ming), to‘rtinchi o‘rinni AQShning Ford kompaniyasi (270,4 ming) band etdi.
Eng sotilayotgan avtomobillar reytingiga, shuningdek, Hyundai, Nissan, Kia, Chevrolet, BYD va Geely kiritildi. Shu o‘rinda, Geely yanvarda 190,6 mingta avtomobil sotib, bir yo‘la to‘rt pog‘ona yuqorilagani diqqatga sazovor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter