Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Erkatoy» Toshkent markazidagi ko‘chada 176 tezlikda mashina haydadi

«Erkatoy» Toshkent markazidagi ko‘chada 176 tezlikda mashina haydadi

Joriy yilning 10 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda yosh haydovchining yo‘l qoidalarini qo‘pol ravishda buzib harakatlangan videosi tarqaldi. Videoda yigit otasini Ichki ishlar vazirligida ishlashini bildirgani keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Holat yuzasidan IIV va YHXB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, mazkur qoidabuzarlik 2006 yilda tug‘ilgan A.I. tomonidan sodir etilgan.

Toshkent shahar IIBB Jamoat xavfsizligi departamenti YHXB xodimlari tomonidan voyaga yetmagan yigit va uning onasi bilan suhbatlashgan. Suhbat davomida bolaning otasi IIVda faoliyat olib bormasligi, «O‘zdon» AKda ishlashi qayd etilgan.

Voyaga yetmagan yigit poytaxtdagi Shota Rustaveli ko‘chasida qizil chiroqlarga ham amal qilmasdan 174-176 km/soat tezlikda haydovchilik guvohnomasiz harakatlangan.

Mazkur holat yuzasidan yigitning onasiga nisbatan MJTKning 47-moddasi («bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik») bo‘yicha mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Surishtiruv davomida YPX xodimlari tomonidan Equinox avtomobili ham topilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring