«GM» ish o‘rinlarini keskin qisqartiradi

«General Motors» avtokonserni ish o‘rinlarini keskin qisqartiradi va AQShdagi ko‘plab zavodlarini yopadi. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonotiga asoslanib xabar berildi.

— Biz bugun boshlagan sa’y-harakatlar shiddatkor, bardoshli va daromadli kompaniyaga aylanish yo‘lida boshlagan ishlarimizning davomi, kelgusida sarmoyalar kirib kelishi uchun keng yo‘l ochadi, — dedi «GM» rahbari Meri Barra.
Kompaniya shu yo‘l bilan erkin mablag‘lar oqimini 6 milliard dollarga ko‘paytirishni rejalashtirgan. Qolaversa, avtogigant avariya ko‘rsatkichlari nulga teng, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan avtomashinalar chiqarishga kirishmoqchi.
Kompaniya yaqin ikki yil ichida elektrokarlar va muqobil harakatlanish vositalaridan daromadni ko‘paytirmoqchi.
2019-yili Detroyt, Ogayo shtati va Kanadaning Oshava shahridagi zavodlar yopiladi. Shuningdek, Amerika tashqarisidagi ikkita zavod ham katta ehtimol yopilish arafasida turibdi.
Avtokonsern xodimlari sonini 15 foizga qisqartirishga kirishgan. Turli daraja va bo‘g‘indagi rahbarlar ham qisqartirishga tushgan. AQSh bozorida uncha ommalasha olmagan oltita rusumdagi avtomobillarni chiqarish to‘xtatilishi mumkin. Bular: «Chevrolet Volt», «Chevrolet Impala», «Chevrolet Cruze», «Cadillac CT6», «Cadillac XTS» hamda «Buick LaCrosse».
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, «General Motors» Qo‘shma Shtatlardan chetdagi zavodlarini, masalan, Xitoydagilarini yopgani ma’qul.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter