Imtihonlar sabab Toshkentda ayrim ko‘chalar 10 avgustgacha yopiladi

Oliy ta’lim muassasalarida kirish test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar uzoq muddatga yopiladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
2019-yil 29-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar soat 05.00 dan 20.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, poytaxtning Yunusobod tumanidagi quyidagi ko‘chalar transport vositalarining harakati uchun vaqtincha berkitiladi: Ko‘rgazma, Korxojiota, Iftixor, Niyozbek yo‘li.
Vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter