Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda aldov yo‘li bilan «Spark»ni qo‘lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda aldov yo‘li bilan «Spark»ni qo‘lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilon shahrida 2020-yilning yanvar oyida J.O. tanishi A.Sh.ning ishonchiga kirib, narxi 7.500 AQSh dollari bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashinani vaqtincha foydalanib, so‘ng qaytarib berish sharti bilan oladi.

Ammo u bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring