Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz abonentlari uchta BYD avtomobilini yutib olishlari mumkin

Mobiuz abonentlari uchta BYD avtomobilini yutib olishlari mumkin

Oyiga kamida 35 ming so‘m abonent to‘loviga ega Mobiuz tarif rejalaridan biriga (jismoniy shaxslar uchun) ulangan abonentlar aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

Uyali aloqa operatorini tanlash kundalik hayotning barcha jabhalariga ta’sir qiladigan jiddiy qarordir. Abonentlar uchun sifatli aloqa, qulay tarif va xizmatlar, shaxsiy ma’lumotlarning ishonchli himoyasi, sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘lishi juda muhim. Ushbu ustunliklar bilan bir qatorda Mobiuz BYD Song Plus Champion avtomobillarini yutib olish uchun ajoyib imkoniyat bermoqda.

Mobiuzning «MobiDRIVE» aksiyasi ishtirokchisiga aylanish uchun:

- kompaniyaning respublika bo‘yicha ofislari yoki dilerlik shoxobchalariga murojaat qilish;

- istalgan Mobiuz raqamini, shu jumladan, 100% gacha chegirmaga ega chiroyli raqamni tanlash;

- oyiga kamida 35 ming so‘m abonent to‘loviga ega istalgan tarif rejasini tanlash kerak xolos.

Kompaniyaning korporativ veb-sayti, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Mobiuzga onlayn tarzda ulangan, shuningdek, MNP tizimi orqali boshqa uyali aloqa operatoridan o‘z raqami bilan o‘tgan abonentlar ham aksiyada ishtirok etadilar. Asosiy shart – abonent to‘lovi kamida 35 ming so‘m bo‘lgan tarif rejasiga ulanish.

Ulangandan so‘ng, abonent avtomatik ravishda avtomobil o‘yinida ishtirok etish uchun bitta imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu imkoniyat sovrinlar o‘yinining barcha bosqichlarida saqlanib qoladi (raqam butun aksiya muddati davomida faol bo‘lishi kerak).

Avtomobillar o‘yini uch bosqichda:

  • 2024 yil sentyabrida – 2024 yilning 1 iyunidan 31 avgustiga qadar ulangan ishtirokchilar orasida;
  • 2024 yil dekabrida – 2024 yil 1 iyunidan 30 noyabrigacha ulangan ishtirokchilar orasida;
  • 2025 yil yanvarida – aksiyaning butun davri davomida ulangan barcha ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.

«Biz abonentlarimizga nafaqat aloqa xizmatlarini taqdim etishga, balki ularning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishga intilamiz, – deydi Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova. – BYD Song Plus Champion zamonaviy va tejamkor avtomobil sifatida g‘oliblar uchun ajoyib sovg‘adir. Kompaniyamizni tanlagan mijozlarimizga shu tariqa minnatdorchilik bildiramiz».

BYD Song Plus Champion avtomobillarini yutib olish imkoniyatini boy bermang! Mobiuzga qulay shartlarda ulaning va «MobiDRIVE» aksiyasida ishtirok eting!

Aksiyani o‘tkazish bo‘yicha batafsil shartlar va qoidalar kompaniyaning www.mobi.uz rasmiy saytida keltirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring