Multiradarlar Qashqadaryoga ham kirib bordi

Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tgan avtomobil yo‘llarida multiradarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshladi, deb xabar berdi IIV YHXBB axborot xizmati.
Qayd etiligicha, bu kabi patrul avtomobillari tezlik sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, tezyurar haydovchilarni tartibga chaqirish maqsadida joriy etilgan.
Multiradar qurilmalari bilan jihozlangan avtomobillar ushbu viloyat hududi bo‘ylab transport vositalari tezligini qayd etib boradi va qoidabuzarlarga nisbatan onlayn tarzda jarima belgilanadi.
Barcha haydovchilardan tezlik me’yoriga rioya qilish so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas