Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiyada elektromobillar rekord darajada ko‘p sotilmoqda

Norvegiyada elektromobillar rekord darajada ko‘p sotilmoqda

Foto: «Elektrickevozy.cz»

Norvegiyada sentyabr oyida elektromobillar sotilishi bo‘yicha rekord yangilandi, yozmoqda «CarsWeek». O‘tgan oyda norveglar jami 17 992 ta yangi mashina xarid qilishgan va shundan 13 941 tasi elektromobillar — qariyb 78 foiz!

2020-yilning sentyabriga solishtirilganda, o‘sish 45,8 foizni tashkil etgan. Umuman olganda, sentyabr nafaqat elektromobillar, balki barcha mashinalar savdosi uchun ham rekordlar oyi bo‘ldi.

Mamlakat avtobozorida 2021-yil boshidan beri salkam 129 000 ta yangi avtomobil sotildi — 2020-yildagiga nisbatan 35 foiz ko‘p. Shundan elektromobillarning ulushi 62,5 foizga teng. O‘tgan yilga nisbatan 12 foiz ziyod.

Norvegiya 2025-yilga borib har bir yangi avtomobil, yengil yoki yuk mashinasi bo‘lishidan qat’i nazar, havoga chiqaradigan zaharli gazlarni nulga tushirmoqchi. Ya’ni bittayam dizelli yoki benzinli avtomashina sotilmaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring