O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning avtomobillari soni 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 2 955 295 tani tashkil qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davrida nisbatan 14 foizga ko‘p.
Bunda:
- yengil avtomobillar – 2 767 126 ta;
- yuk avtomobillari – 168 810 ta;
- avtobuslar – 5 711 ta;
- mikroavtobuslar – 8 518 ta;
- maxsus transportlar – 5 130 tani tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter