«Peugeot» va «Fiat Chrysler» birlashdi, aksiyalar bugundan sotuvda

«PSA Group» («Peugeot-Citroen») va «Fiat Chrysler Automobiles» (FCA) birlashishi haqida xabar bergandik. Bugun berilgan xabarga ko‘ra, kompaniyalar birlashishi bo‘yicha barcha rasmiyatchiliklar nihoyasiga yetkazilgan. Bu haqda birlashgan kompaniya — «Stellantis» o‘z press-relizida ma’lum qildi.
«Stellantis NV» («Stellantis») kompaniyasi tuzilishiga olib keluvchi «Peugeot SA» va «Fiat Chrysler Automobiles» birlashishi nihoyasiga yetkazildi», — deyiladi xabarda.
«Stellantis» aksiyalari Euronext (Parij), Mercato Telematico Azionario (Milan) birjalarida bugun, 18-yanvardan sotuvga chiqarildi, ertaga, 19-yanvardan Nyu-York fond birjasida ham paydo bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: 1899-yili asos solingan «Fiat» kompaniyasi «Fiat», «Lancia», «Alfa Romeo», «Abarth», «Ferrari» va «Maserati» brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqargan. «PSA» (ilgarigi nomi — «PSA Peugeot-Citroen») — Yevropada «Volkswagen AG» so‘ng ikkinchi yirik avtomobilsoz. Kompaniya «Peugeot» tomonidan «Citroen» aksiyalarining 90 foizi sotib olinganidan so‘ng 1976-yilda shakllangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter