Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: qoidabuzar haydovchilar yangicha «uslub»da jazolanadi

Prezident qarori: qoidabuzar haydovchilar yangicha «uslub»da jazolanadi

Foto: Xabar.uz

Prezidentning «Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra:

Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida 2022-yil 1 dekabrdan boshlab quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etilmoqda:

- har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;

- hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;

- muayyan davr mobaynida qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.

- Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha ta’lim muassasalari va imtihon markazlariga faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya IIV tomonidan beriladi.

- Avtomaktablarning innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning o‘qituvchi, haydovchi-yo‘riqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari IIV Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

- 2023 yil yakuniga qadar poytaxtning barcha chorrahalarida, shuningdek, Nukus shahri va viloyatlar markazlarining yirik asosiy serqatnov chorrahalarida, 2024 yil yakuniga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarining barcha chorrahalarida raqamli boshqaruv tizimi joriy qilinadi.

- 2022 yil 1 iyuldan boshlab, respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida «Xavfsiz yo‘l» indeksini yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda tuman (shahar)lar indeks ko‘rsatkichlari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring