Yangi Toshkent xalqaro aeroporti dastlabki bosqichda yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi
Urganch, Namangan aeroportlarini davlat-xususiy sheriklik asosida, Andijon aeroportini xususiy operatorni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi. Natijada aeroportlarning o‘tkazuvchanligi oshirilib, yo‘lovchilarga xalqaro standartlar asosida xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayadi.
Nukusda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari Qozog‘iston va Turkmanistonga eksport qilinadi
Korxonada gazoblok va ohak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Gazoblok ishlab chiqarish uchun “Nukus” erkin iqtisodiy zonasida 4,8 gektar maydon ajratilgan.
Qoraqalpog‘istonda 7 mlrd dollarlik loyihalar qurilishiga start berildi
Qo‘ng‘irot tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 2,6 milliard dollar bo‘lgan 1,5 gigavattli yirik shamol elektr stansiyasini qurish va yagona energetika tizimiga ulash ishlari faol bosqichga o‘tmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondagi tibbiyot akademiyasida bo‘ldi: tafsilotlar
Akademiya nufuzli xorijiy tibbiyot markazlari va yetakchi universitetlar, jumladan, AQShning Pittsburg hamda Germaniyaning Frayburg universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda. Xalqaro o‘quv kurslari va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar tashkil etilib, telemeditsina va raqamli ta’lim texnologiyalari joriy qilingan.
Prezident Kegeylidagi issiqxona majmuasi faoliyati bilan tanishdi
Kegeyli tumanida 50 ta ehtiyojmand oila issiqxonachilikka jalb qilinib, ularga ishlash, o‘rganish va o‘z xo‘jaligida barqaror daromad yaratish imkoni berildi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondagi sanoatlashgan intensiv bog‘ni ko‘zdan kechirdi
Orolbo‘yining og‘ir iqlimida, sho‘r tuprog‘ida bog‘dorchilik o‘zini oqlamaydi. 55 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan mazkur loyiha esa bu qarashlarni butkul o‘zgartirmoqda. Hozirda 69 gektar maydonga AQShda seleksiya qilingan 250 ming tub qora olxo‘ri ko‘chati ekilgan. Bu nav sho‘r yerlarga juda chidamli hisoblanadi. U ekilganidan so‘ng atigi 2 yilda hosilga kiradi. Bir tup daraxt 50-60 kilogrammgacha hosil beradi.
Polsha Prezidenti va bosh vaziri tortishib qoldi
Kelishmovchilikka prezident devoni tomonidan X tarmog‘ida qoldirilgan post sabab bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi
Qur’on tilovat qilinib, marhumning haqqiga duoi fotiha qilindi. Prezidentimiz marhumning ibratli hayot yo‘li, ezgu ishlari va el-yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini yodga oldi.
Shavkat Mirziyoyev bugun Qoraqalpog‘istonga boradi
Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifi yakunlandi: tafsilotlar
O‘zbekiston – Koreya biznes-forumi doirasida qo‘shma loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi, salmoqli kelishuvlar paketi imzolandi.

